Beruniy tumani «Sarkop» ovul fuqarolar yig’inidai Jumaniyazov oilaviy shifokorlik punkti to’rt mingdan ziyod aholiga xizmat ko’rsatadi. Endilikda mazkur bino qayta rekonstruktsiya qilinib, yangi ko’rinishga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-404-sonli qarori asosida investitsiya dasturiga kiritilib, 3 mlrd 378 mln so’m mablag’ evaziga to’liq rekonstruktsiyadan chiqarildi.

Oilaviy shifokorlik punktida labaratoriya, EKG, stomatologiya, kunduzgi statsionar, UZI faoliyati yo’lga qo’yilgan. Hurmatli Prezidentimizning tibbiyot sohasiga berayotgan e’tibori sabab hududlarda zamonaviy tibbiyot maskanlari xizmat ko’rsatib boshladi. Bu esa, xаlqimiz salomatligi yo’lida olib borilayotgan ijobiy va amaliy ishlarning yorqin dalilidir.

 

QR Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.