Har bir kasallikning oldini olish, inson salomatligining garovi. Buning uchun har bir inson sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, sport bilan muntazam shug‘ullanib borishi va har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.
Joriy yilning 21-22-yanvar kunlari oralig‘ida Taxtako‘pir tumani Davqara ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 37-sonli oilaviy poliklinikasida maxsus shifokorlar tomonidan Davqara va Qorateran aholi punktlarida yashovchi 178 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Jumladan, ushbu tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 86 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar, profilaktik va surunkali kasalliklari bor fuqarolarga ambulator sharoitda davolanishga tavsiyalar, zaruratiga ko‘ra tuman shifoxonasiga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.