Sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro tajribalar bilan tanishish, bu borada ilg‘or tajribalarni o‘rganish, tatbiq etish, xalqimiz farovonligi yo‘lida hamkorlik qilish doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Shunday xalqaro hamkorlikni davom ettirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Murat Qurbanov Yaponiyaning «Digital knowledge» aksiyadorlik jamiyati vakillarini kutib oldi va davra suhbati atrofida muzokaralar olib bordi.

Albatta, bunday xalqaro hamkorliklar yurtimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish va sifatli tibbiy xizmat turining zamon talablariga mos bo‘lishiga turtki bermoqda, – deydi vazirlikning Xalqaro sheriklik yo‘nalishi bosh mutaxassisi Zamira Paluaniyazova.

Suhbat davomida tibbiyot sohasida zamon talablariga mos xalqaro loyiha doirasida «Ona va bola» dasturini ishlab chiqish va o‘rta tibbiyot xodimlarini o‘qitish maqsadida xorijiy mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi.

QR Soǵliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati