Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligida 2023-2025 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining, shuningdek, kasaba uyushma tashkilotning hisobat-saylov yig’ilishi o‘tkazildi.
Yig’ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasiga biriktirilgan vakil B.Sultonov, O‘zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi L.Baybosinova va Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi xodimlari ishtirok etdilar.
Jamoa shartnomasining 2024 yilgi bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlar berilib, yig’ilish ishtirokchilari tomonidan jamoa shartnomasi bajarilishi qoniqarli deb baholandi. Shuningdek, kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig’ilishi o‘tkazilib, kasaba uyushma tashkilotining hisobot davridagi ishiga qoniqarli deb baho berildi va yig’ilishda muqobillik asosida kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi saylanib, qo‘mita a’zolariga dublyorlar belgilab olinib, taftish komissiyasi a’zolari va raisi saylandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati