«Yuksalish» harakati ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, hududiy qon quyish markazlari bilan hamkorlikda 2025 yilning 18-25 fevral kunlari «Biz donormiz» qon topshirish aksiyasini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Ushbu aksiya 20-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish markazida o‘tkazildi.
Unda oliy o‘quv yurtining o‘qituvchilari va talabalari, Milliy gvardiya xodimlari, yoshlar va faol fuqarolar ko‘ngilli tarzda ishtirok etdi.
Maqsad – murakkab operatsiyalardan keyin, og‘ir jarohat olgan yoki onkologik kasallikka chalingan va qon quyishga juda muhtoj bo‘lgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Shu bilan birga, aksiya jamiyatda o‘zaro yordam madaniyatini shakllantirish, bu jarayonning ahamiyatini keng tushuntirish, shuningdek, donor qoni yetishmovchiligi muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish.
Bunday tadbirlarni uzluksiz tarzda o‘tkazish shifoxonalar va tibbiyot markazlarida qonning yetarli darajada ta’minlanishiga yordam beradi, bu ayniqsa, favqulodda holatlar va rejalashtirilgan operatsiyalar uchun zarur hisoblanadi.