Tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlik va xorijiy tajribani yurtimizga olib kirish bo‘yicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘tgan yili Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog’iston filialida raqamlashtirish xalqaro loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda “ACRYL” Janubiy Koreya kampaniyasi bilan o‘z-aro anglashuv memorandumi imzolangan edi. 

Memorandumga asos “ACRYL” Janubiy Koreya kampaniyasi director o‘rinbosari Shin xonim Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tashrif buyurdi. Ushbu uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri M.Kurbanov tashrif buyurgan mehmonlar bilan qoshma loyiha dolzarbligi hamda loyihani moliyalashtirish doirasida muzokorolar olib bordi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati