Har yili bahor kelishi bilan ko‘chalar, mahallalarni obod qilish, atrofni ozoda, saranjom-sarishta holatga keltirish o‘ziga xos an’anaga aylangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va vazirlikka qarashli barcha tibbiyot muassasalari tomonidan Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida 15-16 mart kunlari «Mahalla obod-yurt obod» shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.




















