Ellikqal’a tumani «Sarabiy» QFY hududida joylashgan 63-sonli oilaviy poliklinikada Nukus shahridagi davolash profilaktika muassasalaridan kelgan tajribali shifokorlar ishtirokida tuman aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

Kasalligi aniqlangan fuqarolar tegishli tartibda ambulator va statsionar davolanishga yuborildi.

Tibbiy ko‘rikka kelgan fuqarolarga sog‘lom turmush tarzi tamoyillari, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari haqida mutaxassislar tomonidan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.