Nukus shahar tibbiyot birlashmasining tegishli mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi «O‘zbekiston-2030» strategiyasini «Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PQ-16 sonli qarorining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borildi.

Tadbir davomida «Aholining jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aniq reja-grafik asosida mahalla aholisi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha shifokorlar tomonidan ma’lumotlar berildi.