Navro‘z – bu uyg‘onish, yangi fasldan darakdir. Tarixiy ma‘lumotlarga ko‘ra, xalqimiz tomonidan nishonlanib kelinadigan eng qadimiy va bahoriy bayramlardan biri. Ushbu bayram zamirida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an‘analari, qadriyatlari mujassamdir.
Birlashma xodimlari ushbu tadbirda faol ishtirok etib, navro‘z bayramiga bag‘ishlangan sher aytish, milliy urf odatlarimizga kora kelin salom, xosil bayrami, beshik to‘y marosimlari mujassam bo‘lgan sahna ko‘rinishlari bilan chiqib barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi.
Navro‘z umumxalq bayrami sifatida ahillik, o‘zaro birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlarni kuchaytirish va insonlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik, millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.