Ipoteka bank OTP Group tomonidan Respublika tez tibbiy yordam markaziga 10 dona BYD Seagull rusumli zamonaviy elektromobillar taqdim etildi.

Ushbu elektromobillar Respublika tez tibbiy yordam markazining 10 ta hududiy filiallari o‘rtasida taqsimlangan edi.

Qoraqalpog’iston Respublikasiga etib kelgan bir dona BYD Seagull rusumli zamonaviy elektromobilni Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri M.Qurbanov Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali xodimlariga topshirdi.

– Bu berilayotgan BYD elektromobil feldsherlar boshqaruviga beriladi. Sog’liqni saqlashning maxsus tartibi asosida test rejimida nosilka (zambilsiz) engil chaqiruvlarga borish maqsadida foydalaniladi. Ushbu elektromobil ekologik jihatdan ham qulay bo‘lib, havoning ifloslanishiga zarar etkazmaydi, – deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali direktori I.Nurimbetov.