Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazining bir guruh professor-mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy shifokorlar va bemorlarga amaliy yordam berish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.

 

Tashrif davomida mutaxassislar surunkali bosh miya qon aylanishi yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar, ishemik insult va miokard infarktini o‘tkazgan, gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni bepul tekshiruvdan o‘tkazib, tegishli ko‘rsatmalar berdi.

 

Shuningdek, birlamchi bo‘g‘indagi shifokorlarga yuqoridagi kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish (profilaktikasi) mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.