Korrupsiyaga qarshi kurash butun dunyoda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu illatning oldini olish maqsadida mamlakatimizda har bir sohada tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida o‘tkazilgan tadbir shu maqsadga yo‘naltirilgan.
Tadbirda QR Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari B.Alimbetov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti QR boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i R.Sadikov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti QR boshqarmasi mutaxassisi N.Muxtarov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi mutaxassisi B.Saburov, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi QR bo‘limi ichki audit boshlig‘i A.Qazaqbayev va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, qonun oldidagi ayanchli oqibatlari haqida ma’lumot berildi.