Xo‘jayli tumanida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholi salomatligini yaxshilash maqsadida Buxoro viloyatidan tajribali mutaxassislar jalb etildi. Xususan, 24 nafar shifokor hamda 6 nafar bosh hamshiradan iborat guruh tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 3-filialida o‘z faoliyatini boshladi

Tibbiy ko‘riklar va mobil xizmatlar

Mutaxassislar tomonidan aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida mobil oftalmologik poliklinika, “O‘pka salomatligi” mobil avtomashinasi, shuningdek, UZI, EKG va laborator tekshiruvlar tashkil etildi.

Shifokorlar 3 ta ishchi guruhga bo‘lindi:

✅1-guruh – 14 nafar mutaxassis ishtirokida 670 nafar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ulardan 187 nafar fuqaroga ambulator sharoitda, 77 nafarga esa tuman shifoxonasida statsionar sharoitda davolanish uchun tavsiyalar berildi. Shuningdek, 5 nafar bemor jarrohlik amaliyotiga yo‘naltirildi

✅2-guruh – 6 nafar bosh hamshira ishtirokida sog’lom turmush tarzi va to‘g’ri ovqatlanish bo‘yicha targ’ibot ishlari olib bordi. Ushbu guruh aholi xonadonlariga chiqib, tibbiy maslahatlar berishdi.

✅3-guruh – viloyatdagi eng tajribali 6 nafar xirurg-mutaxassislar tomonidan tuman markaziy kasalxonasida jarrohlik amaliyotlari bajarildi.

Ushbu tibbiy tashrif davomida mahalliy aholining salomatligiga oid muammolar aniqlanib, ularning samarali davolanishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Shu bilan birga, Buxoro viloyati mutaxassislarining tajribasi Xo‘jayli tumanidagi tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi

Bunday hamkorlikdagi loyihalar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, aholining tibbiy xizmatdan mamnun bo‘lishi va sog’lig’ining yaxshilanishi maqsad qilingan.