Buxoro viloyati tibbiyot xodimlari Qoraqalpog’iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda

✅Malaka oshirish va aholi salomatligini yaxshilash maqsadida bir necha kundan buyon Buxoro viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi rahbarligidagi malakali mutaxassislar joylarda bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazib kelmoqda.

Ayni paytda tibbiy ko‘riklar Xo‘jayli tumanidagi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2-filialida tashkil etilgan bo‘lib, bu aholi uchun katta qulaylik yaratmoqda. Uzoqqa borish zaruratisiz, mahalliy fuqarolar tor doiradagi mutaxassislar tomonidan tekshiruvdan o‘tib, o‘z salomatligi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda

Shuningdek, shifokorlar tomonidan ularga zarur tavsiyalar berilmoqda.

✅Bunday tashabbuslar aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirishga, kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga xizmat qiladi. Shuningdek, tibbiy ko‘riklar joylardagi tibbiyot muassasalarining ahvolini o‘rganish va ularning samaradorligini oshirishga ham ko‘maklashadi.

Shifokorlar hududlardagi tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholiga tez va sifatli yordam ko‘rsatish maqsadida o‘z ishini izchillik bilan olib bormoqda