O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 sentyabrdagi «Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-311-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida fuqarolar orasida Davlat tibbiy sug‘urtasining ahamiyati haqida targ‘ibot ishlari tashkil etilmoqda.
Navbatdagi tadbir Xo‘jayli tumani hokimligi majlislar zalida tashkil etildi.
Unda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi mutaxassislari Cho‘lpon Qodirimbetova, Abdirashid Yakubov, Xo‘jayli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari K.Kudaybergenov va Xo‘jayli tumanidagi muassasa-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilariga tegishli soha mutaxassislari tomonidan Davlat tibbiy sug‘urtasining ahamiyati haqida kengroq tushuncha berilmoqda.