Tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlik va xorijiy tajribani yurtimizga olib kirish bo‘yicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 20-25-fevral kunlari oralig‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri M.Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Hindiston davlatida xizmat safarida bo‘lib, «Sharda Hospital» klinikasi direktori janob Gopta bilan sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish maqsadida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Memorandum imzolangani haqida xabar bergan edik.
Memorandumga asosan «Sharda Hospital» klinikasi direktori janob Gopta boshchiligidagi delegatsiya a’zolari yurtimizga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri M.Qurbonov kutib oldi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari B.Otemuratov rahbarligida Respublika miqyosida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokaralar amalga oshirildi.
Albatta, bunday uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi va bunday hamkorliklar doirasida, xorijiy tajribani yurtimizda qo‘llash va tibbiyot xodimlarini xorijda o‘qib, tajribalarini oshirishda o‘z samarasini berishi aniq.