Sog‘liqni saqlash va strategik rivojlanish instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tashabbusi bilan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining tegishli mutaxassislari bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbir poytaxtimizdagi 32-maktabda tashkil etildi. Tadbirda tegishli soha mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalari, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanishlari bo‘yicha keng tushuntirish berildi.

Shuningdek, o‘quvchilarga «Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati»ning «Farzandlarimiz xavfsizligiga e’tiborli bo‘laylik!» nomli ijtimoiy roligi namoyish etildi va piyodalar yo‘lagidan o‘tish qoidalari bo‘yicha amalda ko‘rsatib o‘tildi.