Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlardan biri «Antikorrupciya» telegram kanali orqali yuborilgan  murojaat bo‘yicha vazirlikdan tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilganida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

2003-yili tug‘ilgan fuqaro A.B 10.04.2025-yil soat 02:40 da Respublika shoshilinc tibbiy yordam markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali travmatologiya bo‘limiga kelib bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, burun orqa qismida og‘riqning borligi, umumiy holsizlikka shikoyat qilgan.

Fuqaroning aytishicha, murojaatidan 2 soat oldin uni notanish odamlar kaltaklagan. Yuqorida ko‘rsatilgan shikoyatlar bilan travmatologiya bo‘limida bemor ko‘zdan kechirilib tekshiruvdan o‘tkazilgan (bosh suyagining R-skopiyasi va UTT o‘tkazildi) va navbatchi shifokorlar tomonidan neyroxirurgiya bo‘limiga davolash va nazorat uchun yotqizilgan.

Fuqaro A.B o‘z vaqtida shifoxonaga yotqizilgan, tekshiruvdan o‘tkazilgan (R-skopiya, UTT) va ko‘rsatma bo‘yicha davolangan.

Biroq, tavsiya etilgan keyingi tekshiruv (okulist  va  LOR  maslahati, bosh miyaning  MSKT) va davolashdan bosh tortib, otasi tomonidan til xat yozib, bemorni uyiga olib ketganligi malum bo‘ldi.

 

QR Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.