Har yili 26 iyun sanasida butun dunyo bo‘ylab Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan Nukus tumanida ham keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Xususan, Nukus tumani hokimligi, tuman ichki ishlar bo‘limi va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bilan hamkorlikda tuman markazida joylashgan «Edige» xalq madaniy istirohat bog‘ida ommaviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Aksiyaning maqsadi – giyohvandlik vositalarining inson hayoti va sog‘lig‘iga keltirayotgan zarari haqida jamoatchilikka ma’lumot berish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yosh avlod o‘rtasida giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishdan iborat.




















