Sog‘liqni saqlash va strategik rivojlanish instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan «Tibbiyotda dolzarb 90 kun» dasturi doirasida, shuningdek, Prezidentning 19.05.2025 yildagi «Respublikada Sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-88-sonli Farmoni, «Sog‘liqni saqlash tizimida islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-185-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi seminar Nukus shahri «Samanbay» MFYda Nukus shahri tibbiyot birlashmasining mas’ul tibbiyot xodimlari va hudud fuqarolari uchun tashkil etildi.
Seminarda I va II xavf guruhiga mansub aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, tana vazni indeksini hisoblash, qandli diabet 2-turi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini aniqlash bo‘yicha telegram-botlari va mobil ilovalari, shuningdek, «Salomat bo‘laylik» platformasi, sun’iy intellekt yordamchisi bilan qanday ishlash kerakligi o‘rgatildi.