Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/jaslaruz/domains/qrdsm.uz/public_html/wp-content/plugins/telegram-for-wp/inc/Notifcaster.class.php on line 318 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida press-tur tashkil etildi. – Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida press-tur tashkil etildi.
88
Press-turda filial direktori o‘rinbosari Umid Xalliyev ommaviy axborot vositalari vakillarini markazda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Ta’kidlanganidek, filial tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish davlat dasturini bajarish davom ettirilmoqda.
Filial 230 o‘rindan iborat bo‘lib, shundan pullik o‘rindan ginekologiya bo‘limida 20 ta, tug‘ruq bo‘limlarida 16 ta, patologiya bo‘limida 14 ta o‘rin ajratilgan.
– Filialimizda 4 ta tug‘ruq, 4 ta chaqaloqlar, skrining, reproduktiv salomatlik, maslahat poliklinikasi, operativ ginekologiya, konservativ ginekologiya, laboratoriya, reanimatsiya, chaqaloqlar patologiyasi, chaqaloqlar reanimatsiyasi, operatsiya qilish, kir yuvish, avtoklav, oshxona bo‘limlari aholiga xizmat qilib kelmoqda, – deydi filial direktorining akusherlik va ginekologiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari U.Xalliyev.
Shu kungacha, ya’ni 2025 yilning 7 oyi davomida 186 ginekologik operatsiyalar bajarildi. Hozirgi kunda xalqqa sifatli xizmat ko‘rsatish uchun Laboratoriya bo‘limi PZR apparatlari bilan ta’minlandi. Maslahat poliklinikasi bo‘limiga kolposkopiya apparatlari keltirildi. Shifokorlar tomonidan yuqori texnologik apparaturalar, ya’ni, laproskop va gisteroskop apparatlari yordamida operatsiyalar bajarilmoqda.
Press-tur davomida ishtirokchilar filialda shifokorlarning ishlashi va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, qiziqtirgan savollariga javob oldi.