Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Тaxiatosh tuman tibbiyot birlashmasida press-tur tashkil etildi.
Press-turda Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.b. Duysen Aytimbetov ommaviy axborot vositalari vakillarini birlashmada yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Ta’kidlanganidek, мamlakatimizda olib borilayotgan dolzarb islohotlar davrida tuman tibbiyot sohasida ham bir qancha ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, so‘nggi 2 yil ichida tuman tibbiyot birlashmasi davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnik bazasi kuchaytirilib, 2023 yilda tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 1-smenada 150 qatnov quvvatiga ega yangi binosining hamda 2025 yilning 1-choragida 1 ta oilaviy poliklinikaning yangi binosi foydalanishga topshirilishi, olis hududlarda joylashgan 5 ta aholi punktlarida «Makon tibbiyot punktlari»ning (MTP) joylashtirilishi, tug‘ruqqa yordam, jarrohlik bo‘limi binosi qismida kapital qurilish-ta’mirlash ishlarining to‘liq amalga oshirilishi, zamonaviy tibbiy apparaturalar, asbob-uskunalar, dori-darmon, tibbiy buyumlar bilan ta’minlanish darajasining birmuncha yaxshilanishi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘lamiga hamda sifatiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Hozirgi kunda tuman aholisiga (77389 yashovchi aholi, shu jumladan, 20575 bola-26,6%, 3251 yosh o‘smirlar-4,2%, 53563 -69,2% 18 yosh va undan yuqori aholi, stat. ma’lumoti) sifatli ixtisoslashtirilgan statsionar yordami 5 profil bo‘yicha jami 160 doimiy davolash o‘rniga ega tuman markaziy shifoxonasi tomonidan ta’minlansa, ambulatoriya-poliklinika xizmati 1 KTMP, 1 OP, 2 OSHP, 5 MTP (makon tibbiyot punktlari) tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, ambulator-poliklinika muassasalarida aholi uchun davolanishga qulay usul hisoblangan 40 o‘rinli kunduzgi davolash statsionarlari, markaziy shifoxonada 15 o‘rinli pullik statsionar davolash joyi, shuningdek, uy sharoitida davolash o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lib, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan talabi qondirilmoqda.
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari yonidagi kunduzgi davolash statsionarlarida (4 QVP da) davolanuvchi bemorlar soni yildan-yilga ko‘payib, 2025-yilning 1-chi yarmida 424 bemorlar davolanib, birinchidan davolash dinamikasining o‘sishiga hududlarda so‘nggi yillardagi infratuzilmaning rivojlanishi sabab bo‘lsa, ikkinchidan davolashning bu usulidan foydalanishning qulayligi va afzalligiga aholining tushunib yetganligidan darak beradi.
Ambulator-poliklinika muassasalari shifokorlariga aholining qatnovlari soni yildan-yilga oshib, 2024-yili jami 401974 qatnovlar hisobga olinib, har bir aholiga yillik 5,2 qatnovdan to‘g‘ri kelsa, 2024-yilning o‘tgan 1-choragida 203054 qatnovlar hisobga olinib, har bir aholiga 2,6 qatnovdan to‘g‘ri keldi (yillik prognoz 5,6), aholining qatnovlar soni o‘sish tendensiyasiga ega. Qatnovlarning sabablari bo‘yicha 59,7% profilaktik maqsadda, 40,3% kasalliklar sababli bo‘lsa, 2024-yilning shu davriga nisbatan kasalliklar bo‘yicha aholining QVPlarga murojaati 10,4% ga kamaydi. Sababi, birinchidan, kasalliklarning kamayish tendensiyasiga keyingi davrdagi aholi orasida kasallanish xavfini hamda kasallikni erta bosqichda aniqlashga yo‘naltirilgan bir necha profilaktik maqsaddagi skrining tekshiruvlarining amalga oshirilishi ta’sir ko‘rsatsa, ikkinchidan davolash-profilaktika muassasalarining resurslar, kadrlar, diagnostik asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari joriy yil aprel oyida foydalanishga topshirilgan 200 o‘rinli yorug‘, keng va zamonaviy oilaviy poliklinika imkoniyatlari bilan tanishdi. Zamonaviy tibbiy uskunalar o‘rnatilgani, shifokorlar va bemorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgani ko‘rgan ko‘zni quvontiradi. ⠀
Press-tur davomida ishtirokchilar shifokorlarning ishlashi va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, qiziqtirgan savollariga javob oldi.