Sog‘liqni saqlash sohasida birlamchi tibbiy xizmat alohida o‘rin tutadi. Mahalladagi oilaviy poliklinikalar, ulardagi patronaj xizmatlari va profilaktik ko‘riklar – bularning barchasi kasalliklarni erta aniqlash, oldini olish va davolashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Xo‘jayli tumani hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Madaminova, Xo‘jayli tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, podpolkovnik N.Kdirbayev, Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R.Najimovalar tashabbusi bilan «Amudaryo» ovul fuqarolar yig‘inida fuqarolarga tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolarda aniqlangan kasalliklariga qarab, ularga ambulator va statsionar davolanishlari uchun maslahatlar, yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, fuqarolarga to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi va tibbiy sug‘urta bo‘yicha tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan ma’lumotlar berildi.