Respublika bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining murojaatlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi, sohada korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi xizmat vazifalarini bajaruvchi R.Kaypnazarova va shifoxonaning tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda korrupsion holatlarning oldini olish, jamoatchilik orasida korrupsiyaning salbiy oqibatlari va qonunda belgilangan jazo normalari haqida batafsil ma’lumotlar berib, barchani bunday illatlardan uzoq yurishga chaqirdi.

Shuningdek, har bir tibbiyot xodimi o‘z faoliyati davomida kasbiy etikaga, halollik va ochiqlik tamoyillariga qat’iy amal qilishi haqida ham so‘z yuritildi.