Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xorijiy tajribani yurtimizga olib kirish bo‘yicha qator ijobiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash sohasida xorijiy klinikalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, sheriklik aloqalari o‘rnatildi.
Joriy yilda ham sog‘liqni saqlash sohasida xorijiy davlatlar bilan xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilib, bunday hamkorliklar natijasida yurtimizda xorijning tajribali shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘riklar, murakkab operatsiyalar amalga oshirilmoqda.
Shunday amaliy chora-tadbirlarni davom ettirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tibbiyot sohasi eng yaxshi rivojlangan mamlakat Hindiston davlatining Dehli shahridagi eng nufuzli «BLK-Max» shifoxonasining tajribali shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shuning uchun, agar sizda:
Neyroxirurg-nevropatolog shifokoriga:
bosh og‘rig‘i;
epilepsiya;
nevrologik ensefalopatiya;
xotira pasayishi;
autizm kasalliklari bo‘yicha,
Gepatolog-gastroenterolog shifokorga:
holsizlik;
ishtahasizlik;
oshqozon-ichak kasalliklari;
teri rangining sarg‘ayishi;
qondagi gepatit;
ko‘p kekirish;
ovqatning hazm bo‘lmasligi;
tish qonashi;
qon ketish xavfi;
qorin dam bo‘lishi;
qorinda suv to‘planishi;
miyadagi o‘zgarish, xotira yo‘qolishi;
nerv tizimi bilan bog‘liq og‘ir muammolar bo‘yicha.
Onkolog shifokorga:
doimiy kuchli tana og‘rig‘i;
burun qonashi;
qusish;
holsizlik;
doimiy charchoq;
ovqat yemaslik;
soch to‘kilishi;
nafas olishdagi qiyinchilik;
havo yetishmasligi;
yurolmaslik kasalliklari bo‘yicha
Ortoped-travmatolog shifokorga:
tug‘ma nuqson;
doimiy oyoq og‘rig‘i;
yurishdagi muammo;
suyak sinishi;
qo‘l-oyoqda shish;
og‘ir jarohat olmoq;
yelkaning chiqishi kasalliklari bo‘yicha bepul tibbiy ko‘riklardan o‘tib, tibbiy maslahatlar olishingiz mumkin.
Ushbu tadbir, joriy yilning 23-24 sentyabr kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filialida hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialida bo‘lib o‘tadi.
Shuning uchun, barchangizni o‘z sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmasdan, shunday imkoniyatdan foydalanib qolishga chaqiramiz!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati