️ Kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan bu aksiya orqali hududda yashovchi aholi 31-oktyabrgacha skrining hamda profilaktik tekshiruvlar bilan qamrab olinadi.

Tibbiy tekshiruvlar Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasi va bir vaqtning o‘zida Nukus shahridagi 12 oilaviy poliklinikada bo‘lib o‘tmoqda.

Bu jarayonga mahalliy shifokor va hamshiralar bilan birga, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va bir qator ilg‘or xorijiy klinikalardan yetakchi mutaxassislar jalb etilgan.

Shuningdek, 3 jamoat joyida tashkil etilgan «Salomatlik maydonchalari»da sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga oid tadbirlar, antropometriya, qon bosimi va puls o‘lchash kabi tekshiruvlar amalga oshirilmoqda.