Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ommaviy sportga keng jalb qilish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida tibbiyot xodimlari (ayollar va erkaklar) o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish maqsadida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, mini-futbol turlari bo‘yicha Spartakiada tashkil etildi.
Spartakiadaning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Gavhar Abdisametova, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Lizaxan Baybosinova, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i Gulayim Shrazova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Ikram Xudayarovlar so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Sport musobaqalari yakunida:
Sportning «Shashka» turi bo‘yicha (Ayollar o‘rtasida):
1-o‘rin Nursuluv Uzoqboyeva (Qonliko‘l tumani tibbiyot birlashmasi),
2-o‘rin Elmira Satbayeva (Bo‘zatov RMB),
3-o‘rin Peruza Doshanova (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali),
Sportning «Shashka» turi bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida):
1-o‘rin Quvvatboy Toreshov (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali),
2-o‘rin Darmen Amaniyazov (Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi),
3-o‘rin O‘ktam Reypov (Qo‘ng‘irot RMB),
Sportning «Shaxmat» turi bo‘yicha (Ayollar o‘rtasida):
1-o‘rin Mafruza Reymova (Taxtako‘pir RMB),
2-o‘rin Ravshan Sultonova (Chimboy RMB),
3-o‘rin Iqbol Smaylova (Qonliko‘l RMB),
Sportning «Shaxmat» turi bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida):
1-o‘rin Hamdam Durdiyev (Ellikqal’a RMB),
2-o‘rin Adilbay Reyimbaev (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali)
3-o‘rin Mels Eskabulov (QR Sog‘liqni saqlash vazirligi),
Sportning «Stol tennisi» turi bo‘yicha (Ayollar o‘rtasida):
1-o‘rin Luiza Alieva (Nukus shahar tibbiyot birlashmasi)
2-o‘rin Jannet Tatikova (Taxiatosh RMB),
3-o‘rin Aynash Maxambetaliyeva (Mo‘ynoq RMB),
Sportning «Stol tennisi» turi bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida):
1-o‘rin Sanjar Eshjonov (Mo‘ynoq RMB),
2-o‘rin Oybek Atamuratov (Nukus shahar tibbiyot birlashmasi)
3-o‘rin Damir Kalimbetov (Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qoraqalpog‘iston filiali),
Sportning «Futbol» turi bo‘yicha:
1-o‘rin Chimboy tumani tibbiyot birlashmasi,
2-o‘rin Kegeyli tumani tibbiyot birlashmasi,
3-o‘rinni Shumanay tumani tibbiyot birlashmasi egalladi.
Spartakiada yakunida g‘oliblar tashkilotchilarning faxriy yorliqlari, medallari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
QR Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati






























