Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bilan hamkorlikda «Tibbiyot xodimlari kuni» munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bolalar reabilitatsiya markazining majlislar zalida «Tibbiyot xodimlari kuni» bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri B.Kalimbetov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri M.Kurbanov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi L.Baybasinova, O‘zbekiston Shifokorlar Assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i S.Begaliyev, tibbiyot xodimlari va soha faxriylari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar barchani bayram bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda «Yilning eng yaxshi shifokori» tanlovi g‘oliblariga, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlariga, sog‘liqni saqlash sohasida samarali mehnat qilgan mehnat faxriylariga, sog‘liqni saqlash sohasidagi samarali xizmatlari uchun fidoyi xodimlarga «Faxriy yorliq» va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Faxriy yorliqlari, «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Tashakkurnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining «Tashakkurnoma»si topshirildi.