O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 iyun kuni faol va tashabbuskor yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvi videoselektor yig‘ilishining 31-sonli bayonnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda tibbiyot xodimlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Murat Qurbanovning tashabbusi bilan vazirlikka qarashli tibbiyot muassasalarining tibbiyot xodimlari orasidan «Seydullayevlar oilasi» jamoasi tuzilgan edi.
Ana shu «Seydullayevlar oilasi» jamoasi O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan «Quvnoqlar va zukkolar» tanlovining chorak finalida ishtirok etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Bizga yetib kelgan xabarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Seydullayevlar oilasi» jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, finalga yo‘llanma olibdi.

Biz ham o‘z navbatida «Seydullayevlar oilasi» jamoasini tabriklab, final bosqichida yaxshi yangiliklar kutib qolamiz.