Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar doirasida bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV va OITS haqida tushunchalar berish, uning oldini olish bo‘yicha xalqaro tajribalar va ilmiy asoslangan ma’lumotlarni yetkazish maqsad qilingan.

Tadbirda OITSga qarshi kurashish markazi lobarant shifokori B.Yusupova va Respublika OITSga qarshi kurashish markazi epidemiolog shifokor yordamchisi B.Allambergenovlar tomonidan OITS infeksiyasi yuqish yo‘llari, tarqalish sabablari, uning oqibatlari va xavfsizlik choralariga oid batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish, zararli odatlardan uzoq bo‘lishga chaqiruvchi tavsiyalar ham aytildi.