Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida «Yong‘in xavfsizligi oyligi» doirasida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida vazirlik xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi T.Q.Sarbayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza bo‘limi boshlig‘i E.Juzbayev va vazirlik xodimlari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar joriy yilning 1-30-dekabr kunlari oralig‘ida respublika hududida «Yong‘in xavfsizligi oyligi» tadbiri o‘tkazilayotganligi, ushbu tadbir har yili kuz mavsumidan qish mavsumiga o‘tish davrida ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida fuqarolarning turli elektr va gaz yordamida isitish uskunalaridan foydalanishi hamda nosoz qo‘lbola elektr pechlari va isitish qozonlarining zanjirlarining nosozligi sababli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning va gazdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida o‘tkazilib kelinayotganligini ta’kidlab, asosan:
– yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘in kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish lozimligi;
– nosoz qo‘lda yasalgan usulda yasalgan elektr pechlaridan hamda nosoz isitish qozonlari va kashandalardan foydalanmaslik, shuningdek, obyektda ishlovchi xodimlar va ularning oila a’zolarini is gazidan zaharlanishi hamda gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq holatlardan himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
– kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni xavfsiz o‘tkazishni ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, ishlovchi xodimlarning yashash uylaridagi gaz plitalari, isitish qozonlari, tutun chiqarish va ventilyatsiya tizimini, elektr tarmoqlari qurilmalarini yana bir bor texnik ko‘rikdan o‘tkazib, tozalash-ta’mirlash ishlarini tashkil etish va isitish qozonlariga tejamkor gorelkalar o‘rnatish lozimligi;
– ishlovchi xodimlarning kvartiralari va ko‘p qavatli turar joylarning isitish qurilmalarida va ularning mo‘rilarida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
– ko‘p qavatli turar joylarda yashovchi xodimlarning isitish qozonlarini bosqichma-bosqich zamonaviy ikki konturli xavfsiz (ariston turidagi) qozonlarga almashtirish hamda hovli turar joylarda yashovchi xodimlarning uy ichida (yashash xonalarida) o‘rnatilgan isitish qozonxonalarini turar joyning tashqarisiga xavfsiz joyga ko‘chirish choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.






















