✅Tez orada, 2025-yil yakunlanib, 2026-yilni kutib olamiz.

️Prezidentimizning tegishli farmoniga asosan Yangi yilda barcha xodimlar (ish haftasining turidan qat’i nazar) ketma-ket 5 kun dam oladi.

❓Ushbu sanalarda mamlakatimiz tibbiyot muassasalari qanday tartibda ishlaydi? Qaysi shifo maskanlarida qanday profilaktik-tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi?

️Aholi salomatligini saqlash, xususan, bayram va qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarda tibbiyot muassasalarining ishini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida alohida shtab tashkil etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi: Yangi yil bayrami va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi

✅ Shuningdek, 31-dekabr – 4-yanvar kunlari mamlakatimizdagi tuman (shahar) miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi hududiy filiallari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari hamda hududlardagi 3 tumanlararo qo‘shma jarohatlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida  tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida xalqqa tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

️Qo‘shimcha o‘rinlar va dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.

✅ Shuningdek, bayram kunlari Respublika bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali, Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali va 16 tuman aholisida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar ish olib boradi. Bu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.

️Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishda «103» xizmatining o‘rni beqiyos. Yangi yil bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida ushbu soha egalari ham odatdagidek faoliyatini davom ettiradi. Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali mamlakatimiz bo‘ylab 17 stansiya, 1 podstansiya va 83 tayanch punktida 163 dan ortiq tibbiy yordam brigadasi aholi va yurtimiz mehmonlaridan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimiy tayyor turadi.

✅Bundan tashqari, bayram kunlari mamlakatimizdagi 17 tug‘ruq,

18 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz faoliyat yuritadi.

️Sog‘liqni saqlash vazirligining (1003) qisqa raqamli «Ishonch telefoni» orqali esa tibbiyotga oid savollarga malakali mutaxassislardan kecha-kunduz javob olish mumkin.

✅ Sog‘liqni saqlash vazirligi Yangi yil bayrami va dam olish kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

!!️Shuningdek, vazirlik yurtdoshlarimizdan ayyomni xush kayfiyatda kutib olib, o‘z sog‘liqlariga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raydi.