O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 iyundagi «Davlat fuqarolik xizmatini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-95-sonli Farmoniga asosan davlat xizmatchilari yiliga kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib boriladi.
Ya’ni, davlat xizmatchilari o‘zaro kelishuv asosida yashash joyidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Bu boradagi chora-tadbirlar barcha shahar, tuman tibbiyot birlashmalarida 2026 yil 1 yanvardan boshlab, davlat xizmatchilarining profilaktik tibbiy ko‘riklari o‘tkazilishi; amalga oshirilgan tibbiy ko‘rik natijalari davlat xizmatchilarining «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimi DMED dasturidagi «Elektron kartasi»da shakllantirilishi belgilangan.
Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasida ham davlat xizmatchilarining profilaktik tibbiy ko‘riklari yuqori darajada tashkil etilib, belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.




















