Tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Raymov tomonidan davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish hamda davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, qarorlarning asosiy mazmuni va ijrosi bo‘yicha tibbiyot xodimlarida yuzaga kelgan savollarga atroflicha javob berdi.
















