Fuqarolar murojaatlarini eshitish orqali sohadagi muammolarni o‘rganish, aholi xohish-istaklariga yechim topish maqsadida joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar davom etmoqda.
Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 6-sonli oilaviy poliklinikada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Akmal Asqarov tomonidan tuman aholisi uchun shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Maqsad – aholini o‘ylantirib kelayotgan va yechimini topmayotgan tibbiyotga oid masalalarni o‘rganish va ularga qonun doirasida tegishli yechim topishdan iborat.
Qabulda asosan fuqarolar ishga joylashish, nogironlik guruhiga chiqarish, operatsiya qilish, respublika shifoxonalariga yo‘llanma olish, dori-darmon olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Murojaatlarning aksariyati shu vaqtning o‘zida yechim topgan bo‘lsa, ayrimlariga tibbiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, vaqt talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.




















