Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Nukus tumani tibbiyot birlashmasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media tur tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi OAV vakillari, tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazilib, unda uyushma raisi Oybek Tajimuratov uyushma tomonidan amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalari haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, Nukus tumani aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun bugungi kunda ambulator xizmat uchun 1 ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 2 oilaviy poliklinika, 4 oilaviy shifokor punktlari va statsionar yordam ko‘rsatish uchun 142-o‘ringa ega 1 markaziy shifoxona xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan davolash-profilaktika muassasalarida 105 shifokor va 399 – o‘rta bo‘g‘in xodimlari tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Shifoxona zamanaviy tibbiy asbob-uskunalar, ya’ni narkoz apparati, rentgen apparati, laboratoriya biokimyoviy analizatori, mikroskoplar bilan ta’minlandi. Barcha tibbiy apparatlar ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy holatini rivojlantirish uchun har bir tumanga viloyatlar biriktirildi. Nukus tumaniga Samarqand viloyati biriktirilib tibbiyot sohasiga 1mlrd 100mln. so‘m mablag‘ berildi. Ushbu mablag‘ga ambulator tibbiy xizmat sohasining ishlarini yaxshilash maqsadida oilaviy poliklinikalarga 3 dona sanitar avtomashina olib berildi. Tumanning ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar ichidan murakkab ixtisoslashtirilgan operatsiyaga muhtoj bemorlardan 19 nafar bemorga Samarqand viloyati shifokorlari tomonidan operatsiyalar bajarildi.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada «Salomatlik» xonasi, «Fitnes» xonasi va «Sog‘lom ovqatlanish» xonasi tashkil etildi. Xususan, «Salomatlik» xonasiga tegishli kompyuter to‘plamlari, ko‘rgazmali bannerlar, «Fitnes» xonasiga tegishli uskuna (yugurish yo‘lagi), «Sog‘lom ovqatlanish» xonasida tegishli kompyuter to‘plamlari, bukletlar va ko‘rgazmali bannerlar bilan ta’minlandi.
Tuman tibbiyot birlashmasini raqamlashtirishga o‘tkazish borasida bir qancha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2025 yil 12 oy davomida 99 dona kompyuter, 55 dona planshet, 16 dona smart televizor, 4 dona printer, 9 dona chek printer, 12 dona modem rotor, 5 dona veb kamera, 29 dona termoprinter, 36 dona 2D skaner, 4 dona INFOKIOSKlar bilan ta’minlandi.
Nukus tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan birlashmaga UZT va Lazer apparatlari olindi.
Media tur ishtirokchilari uyushmada yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
























