Shu yilning 13-14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli umumxalq hashar o‘tkazilishi belgilangan.

«El farovonligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!» shiori ostida o‘tayotgan ushbu tadbirlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli barcha tibbiyot muassasalari tibbiyot xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

QR Sog‘liqni saqlash vaziri M.Kurbаnov rahbarligida vazirlik xodimlari ham ushbu tadbirda faol ishtirok etib, muassasa binosi atrofi obodonlashtirildi, mevali daraxtlarning ko‘chatlari yumshatilib, ularga ishlov berildi.