Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xorijiy tajribani yurtimizga olib kirish bo‘yicha qator ijobiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash sohasida xorijiy klinikalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, sheriklik aloqalari o‘rnatildi.
Joriy yilda ham sog‘liqni saqlash sohasida xorijiy davlatlar bilan xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilib, bunday hamkorliklar natijasida yurtimizda xorijning tajribali shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘riklar, murakkab operatsiyalar amalga oshirilmoqda.
Shunday amaliy chora-tadbirlarni davom ettirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tibbiyot sohasi eng yaxshi rivojlangan mamlakat Hindiston davlatining Dehli shahridagi eng nufuzli «BLK-Max» shifoxonasining tajribali shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shuning uchun, agar sizda:
✅ Buyrak kasalliklari
✅ Buyrak tosh kasalligi
✅ Buyrak transplantatsiyasi
✅Jigar o‘smasi
✅o‘pka onkologiyasi
✅ko‘krak onkologiyasi
aplastik anemiya
✅leykoz
✅bosh-bo‘yin saratoni
✅oshqozon-ichak onkologiyasi
✅barcha turdagi onkologik kasalliklari qiynayotgan bo‘lsa, bu KONSULTATSIYA aynan siz uchun!
Siz, faqat bir kun shu yilning 30-mart kuni bepul tibbiy ko‘riklardan o‘tib, tibbiy maslahatlar olishingiz mumkin.
Onkolog konsultatsiyasi:
📌 Manzil: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali
Urolog konsultatsiyasi:
📌 Manzil: Nukus shahri,
U. Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amalga oshiriladi.
Shuning uchun, barchangizni o‘z sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmay, shunday imkoniyatdan foydalanib qolishga chaqiramiz!
QR Sog‘liqni saqlash vazirligi
Axborot xizmati
















