Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida aholi salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarga tezkor va samarali javob berishga tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tasdiqlangan maxsus ssenariyga muvofiq o‘tkazilgan mazkur tadbir «O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (o‘lat va boshqalar) paydo bo‘lganda epidemiyaga qarshi va profilaktik tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish» mavzusiga bag‘ishlandi.