Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining iş rejasiga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Ellikqal’a tumani hokimligi hamkorligida Ellikqal’a tumani tibbiyot birlaşmasida ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida press-tur taşkil etildi.
2026 yil davomida Ellikqal’a tumani tibbiyot birlaşmasi tomonidan aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş, kasalliklarni erta aniqlaş, ona va bola salomatligini muhofaza qiliş hamda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça qator işlar amalga oşirildi.
Ayni paytda tibbiyot birlaşmasi tarkibida 365 örinli şifoxona, 1 ta köp tarmoqli poliklinika, 7 ta oilaviy poliklinika, 6 ta oilaviy şifokor punkti va 3 ta tibbiyot punkti faoliyat körsatib, 171 881 nafar aholiga xizmat körsatmoqda.
Hisobot davrida 116 542 nafar aholi profilaktik tibbiy körikdan ötkazildi, 15 ta sayyor tibbiy körik taşkil etildi. Homiladorlik böyiça 3 034 nafar ayol röyxatga olindi, 34 587 nafar bola patronaj bilan qamrab olindi. Davolaş qamrovi 99 foizni taşkil etdi.
Tibbiyot birlaşmasida jami 1 651 nafar xodim mehnat qilmoqda. Yil davomida tibbiy uskunalar xaridi uçun 4 milliard sömdan ziyod mablağ yönaltirildi.
2027 yilda birlamçi tibbiy-sanitariya yordami tizimini takomillaştiriş, 15 ta oilaviy poliklinika taşkil etiş, tibbiyot muassasalarini ta’mirlaş, davlat-xususiy şeriklik asosida zamonaviy MSKT apparatini joriy etiş va şifokorlar yetişmovçiligini kamaytiriş rejalaştirilgan.
Asosiy maqsad – aholiga sifatli, zamonaviy va malakali tibbiy xizmat körsatiş imkoniyatlarini yanada kengaytirişdan iborat.






















