Avval xabar berganimizdek, 2026-yil 2-7-noyabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi aholining salomatligini giyohvandlik va narkojinoyatçilikdan himoya qilişga qaratilgan PF-207-sonli Farmonining ijrosi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasida örganiş işlari olib borilmoqda.

Bugun örganişlar Şumanay tuman tibbiyot birlaşmasi, uning köp tarmoqli markaziy poliklinikasi va Respublika şoşilinç tibbiy yordam markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali Şumanay tuman bölimida davom ettirildi.

Örganiş davomida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni taşiş, saqlaş, tibbiy amaliyotda qöllaş va belgilangan tartibda yöq qiliş bilan boğliq işlar közdan keçirildi.

Şuningdek, Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar tahlil qilindi.

Mazkur örganişlar narkologiya xizmati faoliyatini takomillaştiriş, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasi ustidan nazoratni kuçaytiriş hamda aholi salomatligini muhofaza qilişga qaratilgan.