Bugun tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli tug‘ruq kompleksida «Ona sutining ahamiyati» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Mambetniyazova, Qorao‘zak tumani tug‘ruq bo‘limi neonatolog shifokori G.Jaybergenova, tuman tug‘ruq bo‘limi shifokorlari, o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yangi tug‘ilgan chaqaloqni ona suti bilan oziqlantirishning ahamiyati, har bir onaga berilgan bu bebaho ne’matning chaqaloqning har tomonlama sog‘lom bo‘lib o‘sishidagi ahamiyati haqida bir qancha ma’lumotlar berilib, fikr, tavsiyalar tinglandi.


















