Chimboy tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan 24-mart Butunjahon «Silga qarshi kurash kuni» munosabati bilan aholi o‘rtasida sil kasalligining kelib chiqish sabablari, oldini olish choralari haqida keng tushuncha berib o‘tildi.
Shuningdek, shifokorlar tomonidan fuqarolarga ovqatlanish ratsioniga rioya qilish, osh tuzi iste’molini cheklash, tarkibida mikroelementlar ko‘p bo‘lgan meva va sabzavotlarni iste’mol qilish, harakatli turmush tarziga amal qilish, ko‘proq piyoda yurish va ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini bajarish, zararli odatlardan voz kechish, tamaki va alkogol mahsulotlarining zarari mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi.