Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida Ochiqlik indeksi indikatorlarini samarali yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bosh mutaxassisi R.Nurimbetov olib bordi.
Muhokama davomida Ochiqlik indeksi doirasida belgilangan indikatorlarning mazmun-mohiyati, ularning ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish, ochiq ma’lumotlarni vazirlik veb-saytiga o‘z vaqtida va to‘liq joylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, indikatorlar bo‘yicha ma’lumotlarning to‘liqligi, haqqoniyligi, dolzarbligi va jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida vazirlikning tegishli bo‘linmalariga Ochiqlik indeksi indikatorlari bo‘yicha belgilangan talablarni o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, zarur ma’lumotlarni shakllantirish va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



















