Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpogʻiston filialida Ochiqlik indeksi indikatorlarini samarali yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bosh mutaxassisi R.Nurimbetov olib bordi.
Muhokama davomida Ochiqlik indeksi doirasida belgilangan indikatorlarning mazmun-mohiyati, ularning ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish, ochiq ma’lumotlarni veb-saytiga o‘z vaqtida va to‘liq joylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, indikatorlar bo‘yicha ma’lumotlarning to‘liqligi, haqqoniyligi, dolzarbligi va jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida barcha xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat faoliyatini belgilangan tartib va normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida tashkil etish zarurligi qat’iy ta’kidlandi.
Xodimlarga o‘z xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik, halollik, xolislik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi eslatildi.






















