Hurmatli tibbiyot va farmasevtika xodimlari hamda soha nuroniylari!
Xalqimiz salomatligi va farovonligi yölida tinimsiz xizmat qilayotgan aziz tibbiyot xodimlarini kasb bayramingiz bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi nomidan çin yurakdan qutlaymiz.
Özbekiston Respublikasining 2006-yil 12-sentyabrdagi «Özbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilaş töğrisida»gi Qonuniga muvofiq, noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi Özbekiston Respublikasi Tibbiyot va farmasevtika xodimlari kuni deb belgilandi. Rasman tasdiqlangan kasb bayramimizning har yili tantanali nişonlanişi qalbimizni quvonç va ğurur tuyğulariga töldiradi. Çunki bu hukumatimiz va yurtboşimizning xalq salomatligini saqlaş sohasida xizmat körsatayotgan har bir tibbiyot xodimining maşaqqatli va mas’uliyatli mehnatiga bölgan katta ğamxörligi belgisidir.
Mamlakatimizda aholining salomatligi va munosib turmuş keçirişini ta’minlaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, aholiga şoşilinç va tez tibbiy yordam xizmatining taşkil etilişi, ixtisoslaştirilgan markazlarning oçilişi, qişloq vraçlik punktlarining qayta taşkil etilişi va xizmat körsatiş sifatining yaxşilanişi, tibbiy xizmatning nodavlat sektori yölga qöyilişi, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni davolaşda qulay şaroitlar yaratiş, yuqumli kasalliklarni kamaytiriş va ularga qarşi çora-tadbirlarni kuçaytiriş, aholining tibbiy madaniyati va bilimini oşiriş, jismonan soğlom va ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkaziş, yurtimizda raqobatbardoş farmasevtika mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş, davolaş muassasalarini yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlaş uçun barça zarur şaroitlar yaratildi.
Keng kölamli islohotlarning amalga oşirilişi natijasida soğliqni saqlaş tizimida tibbiy xizmat körsatişning ilğor şakl va usullari şakllanib, bu inson salomatligini mustahkamlaş, uning örtaça umr körişini uzaytiriş va turmuş sifatini yaxşilaşga qaratildi.
Ayniqsa, sönggi paytda uşbu soha rivoji uçun amalga oşirilayotgan işlar, insonlarning bebaho boyligi bölgan soğliğini oşiriş yölidagi harakatlar tibbiyotda muhim özgarişlar boşlanganidan dalolat beradi.
Soğliqni saqlaş sohasining yangi bosqiçga kötarilişiga, sohaning moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, xizmat körsatiş sifati yaxşilanişiga erişildi.
Soğliqni saqlaş tizimini tubdan isloh qiliş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar va ularning natijalari haqida hali köp gapiriş mumkin.
Jamiyatimiz uçun zarur bölgan şunday muhim sohani takomillaştiriş, zamon talabiga mos ilgarilaş biz tibbiyot xodimlarining mas’uliyatida ekan, özingizning barça bilimingiz va tajribangizni sarflab, bizga bildirilgan işonç va e’tiborni oqlaşingizga işonamiz.
Hurmatli hamkasblar!
Oldimizdagi asosiy vazifalardan biri — tibbiy xizmatni yangi sifatga kötariş, uni aholiga yaqinlaştiriş, uşbu xizmatdan foydalanişni soddalaştiriş va takomillaştirişdir.
Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan qutlaymiz. Xalq salomatligi yölidagi ezgu işlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Qalbingiz doimo ustingizdagi oq xalat kabi beğubor bölib, xasta dillarga quvonç bağişlaşda şifo bergan qöllaringiz heç qaçon dard körmasin!
Soğliqni saqlaş vaziri
















