Ijtimoiy tarmoqlarning birida e’lon qilingan «Toza havo»ni unutamiz: Poliklinika havosini «Davolayapti» nomli videolavha bo‘yicha To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasining tegishli soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

3-dekabr kuni soat taxminan 17:00da poliklinika qorovuli tomonidan o‘zboshimchalik bilan chiqindilar yoqib yuborilgan. Bu xodimga aniqlangan kamchiliklari uchun tegishli tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi hamda barcha poliklinika boshliqlari kelgusi vaqtlarda yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha rasmiy ogohlantirilganligini ma’lum qilamiz.

 

To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasi