

Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Mels Eskabulov tomonidan Qonliko‘l tumani tibbiyot birlashmasining tegishli soha mutaxassislariga amaliy yordam ko‘rsatildi.
📋 Amaliy mashg‘ulot davomida “Salomatlik marafoni” tadbiri doirasida aholining tibbiy ko‘rigi va skriningi natijalarini to‘g‘ri qayd etish, yagona tartibda hisobga olish, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda yakuniy hisobotlarni sifatli shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — aholining salomatlik holatini erta aniqlash va muntazam monitoring qilish, skrining natijalarining ishonchliligini ta’minlash, aniqlangan xavf omillari va kasalliklarni o‘z vaqtida nazoratga olish hamda profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish uchun tibbiyot xodimlarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
📊 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar tibbiy-profilaktik xizmatlar sifatini oshirish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.


















